QUBODIYON

QUBODIYON, Qabodiyon — Oʻrta Osiyodagi tarixiy viloyat. Kofirnihon daryosining quyi oqimida. Sagʻo-niyon bilan Vaxsh oraligʻida, hoz. Qoʻrgontepa viloyatining Shaartuz tumani (To-jikiston) hududida joylashgan. Xi-toy manbalarida (7-a.) kexo-yenna mulki tarzida keltirilib, uning hududi sharqdan gʻarbga tomon 2 kunlik yoʻl ekani qayd etilgan. Qubodiyonning markaziy shahri Sagʻoniyon poytaxtidan qolishmagan. Shaharda 3 ta Budda monastiri joylashgan. Oʻrta asrlarda Qubodiyon nomi ilk bor Tabariy asarida 725-y. Asad ibn Abdullohning Xuttalonga yurishi munosabati bilan uchraydi. q. 8-a. oʻrtalarida arablar tomonidan bosib olingan. 9-a. da q. maʼmuriy jihatdan Xuttalon viloyatiga qaragan. 10-a. da esa Sagʻoniyon (Chagʻoniyon) viloyati tarkibida boʻlgan. Samʼoniyning yozishicha, 12-a. da Qubodiyon Balx viloyatiga mansub obod nohiya edi. q. hududini Romil daryosi kesib oʻtgan. Bu yerda arablarning tamim qabilasi yashagan, ular harbiy ishda mohir boʻlishgan.

Hozirda Qoʻrgʻontepaning jan.gʻarbidagi tuman markazi Qabodiyon deb ataladi. Uning atrofida Kaykubodshoh va Qalʼai Mir shahar xarobalari bor, lekin q. markazi oʻrni Shaartuzdan 9 km masofada joylashgan Qiziltepa yoxud Qizqalʼa oʻrnida boʻlgan. Bu yerda hayot kushonlar davridan 13-a. boshiga qadar davom etgan.

11-a. da Xurosonda roʻyan oʻsimligining «kubodi» nomli maxsus navi mashhur boʻlgan. Bu nav Q. da yetishti-rilgan va 10-a. da asosiy q. x. ekini hisoblangan; roʻyan katta miqdorda Hindistonga eksport qilingan. Undan olingan daromadning bir qismini viloyat hokimi olgan. 17-a. da ham roʻyan Qubodiyondan chetga chiqariladigan asosiy q. x. mahsuloti sanalgan, undan tashqari Q. dan ajoyib anorlar va 2 turdagi uzum shinnisi chiqarilgan. Qubodiyon togʻlarida 10-a. da neft. saqich va bitum, shuningdek, feruza konlari boʻlgan. 12-a. da Samʼoniy Q. ning mashhur shifobaxsh bulogʻi haqida yozgan. Bu buloq hozirda Chiluchor chashma deb ataladi. Uning oldida yaqin vaktlargacha eski masjid boʻlgan. uning ustunlaridan birida masjid qurilgan sana (749-y.) koʻrsatilgan. 19-a. va 20-a. boshida Qubodiyon Buxoro amirligining Qubodiyon bekligiga boʻysungan.

Ad.:Kamaliddinov Sh . S . Istoricheskaya geografiya Yujiogo Sogda i Toxaristana po araboyazmchnmm istochnikam IX — nachalo XIII vv.. T., 1996.

Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x