QRIM KONFERENSIYASI

QRIM KONFERENSIYASI (1945) , Yalta konferensiyasi — 2-jahon urushi davrida 3 ittifoqchi davlat boshliqlari: I. V. Stalin (SSSR), F. D. Ruzvelt (AQSH) va U. Cherchill (Buyuk Britaniya), tashqi ishlar vazirlari, shtab boshliqlari va b. maslahatchilar ishtirokida (1945-y. 4—11 fev.) boʻlib oʻtgan konferensiya. Unda ittifoqchi davlatlarning harbiy rejalari aniqlab va kelishib olingan, urushdan keyin mustahkam tinchlikni va xalqaro xavfsizlik tizimini barpo etishga qaratilgan ittifoqchilar siyosatining asosiy prinsiplari belgilangan. Qrim konferensiyasi qatnashchilari german militarizmi va natsizmni tugatish toʻgʻrisidagi maqsadlarini bildirganlar; 3 davlat (shuningdek, rozi boʻlsa, Fransiya)ning Germaniyada okkupatsiya zonasini va ittifoqdosh davlatlarning umumgerman nazorat organini tuzish, urush jinoyatchilarini odil jazoga tortish, natsistlar partiyasini taqiqlash, Germaniyadan tovon undirib olish, BMTni tuzish va b. haqida qaror qabul qilingan. SSSR muayyan shartlar asosida, Yevropada urush tugagandan 2—3 oy keyin Yaponiyaga qarshi urushga kirishga rozilik bergan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x