QOʻL, gʻoʻl (turkiycha — markaz, oʻrta) — 1) Chingizxonning ming kishidan iborat shaxsiy xos qoʻriqchisi;
2) Temuriylar qoʻshinida aksariyat oliy bosh qoʻmondon tomonidan boshqariladigan, qoʻshinning asosiy jangovar bayroqlari olib yuriladigan markaziy qism. Tarixiy manbalarda taʼkidlani-shicha, Sohibqironning 12 ming kishilik qoʻshini Qoʻli amir ulumaro tomonidan boshqarilgan. Lashkar soni bir necha 10 mingdan ziyod boʻlgan paytlarda Qoʻl 40 boʻluk (polk) larga taqsimlangan va bevosita Amir Gemurning koʻmondonligida boʻlgan. Ushbu boʻluklar tajribali va saralangan jangchilardan tashkil qilingan; 12 boʻluki safning 1qatorida, qolgan 28 boʻluki esa 2 – va 3qatorlarda joylashgan. Qdan istalgan paytda boshqa qoʻshin qismlariga madad berilgan. Eski oʻzbek adabiy tili obidalarida, xususan, Alisher Navoiy, Bobur asarlarida qoʻshinning «markazi» tushunchasi gʻoʻl qatori arabcha — qalb, arabcha-forscha — qalbgoh isti-lohlari bilan ifodalangan.
Hamidulla Dadaboyev.