QOZOQMOZORTEPA

QOZOQMOZORTEPA — arxeologik yodgorlik. Toshkent sh. ning Uchtepa tumani Lutfiy koʻchasida. Qozoqmozortepa deb atalishi 18-a. da jungʻarlarning bosqini davrida qozoqlarning Oʻrta Osiyoga jadallik bilan kirib kelishi bilan bogʻliq. Qozoqmozortepadan hozir bal. 3 m. diametri 12 m li kichkina tepalik qolgan. Tepalikning gʻarbida oʻrta asrlarga oid qabriston joylashgan. Rejali arxeologik qazish oʻtkazilmagan. Chilonzorda qurilish ishlari ketayotganda Toshkent arxeologiya otryadi (V. A. Bulatova, D. I. Zilper, M. I. Filanovich) tomonidan kuzatuv ishlari olib borilib 2 ta shurf qazilgan va bittasi oʻrganilgan. 9—12-a. larga oid sopol xum, lagan, qozon, koʻza, xurmachalar topilgan. topilmalar ichida ahamiyatlisi sopoldan ishlangan yirik idish va dasturxonlarga naqsh bosadigan shtampdir. arxeologik tadqiqotlarga qaraganda. qishloq 9—12-a. larda gullab yashnagan. Rivoyatlarga qaraganda, Ulugʻbek davrida choʻponlar homiysi — Choʻpon ota koʻmilgan joyda maqbara qurilgan. Hozir ham bu joy ziyoratgohdir.

Ad.: Drevniy Tashkent, T., 1973.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x