QOZON

QOZON — 1) choʻyan, mis, alyuminiy va b. metallardan quyib tayyorlanadigan roʻzgor buyumi; taom pishirish, suv qaynatish va b. maqsadlarda ishlatiladi. Uning qopqogi (tuvogʻi) metall yoki yogʻochdan yasaladi. Arxeologik tekshirishlar qadimda Oʻzbekistonda sopol, tosh (marmar), bronza Q. lar boʻlganligini koʻrsatadi. Mas, Katta Faryuna kanali qazilganda mil. av. 1-ming yillikning oxiriga mansub bronza Qozon chiqqan: Namangan viloyati oʻlkashunoslik muzeyida Axsikatdan topilgan, milodning 6—7-a. lariga oid sopol q. saqlanmoqda.

Qozonning shakli va oʻlchamiga qarab, doshqozon, osh Q, kir Q. kabi turlari bor. Kichikrogʻi dekcha deb ataladi;

2) yoqilgʻi (koʻmir, gaz va b.) yoqib suv bugʻi yoki issiq suv olinadigan qurilma. Issiqlik elektr st-yalarning bugʻ turbinasini bugʻ bilan taʼminlash, bino va inshootlarni isitish, shamollatish, issiq suv bilan taʼminlash tizimlarida foydalaniladi. Turar joy va jamoat binolarini isitishda choʻyandan ishlangan, qattiq yoqilgʻi yoqiladigan seksiyali suv isitish Qlaridan foydalaniladi. Bularda suv 115° dan yuqori t-ragacha qiziydi. Ularning issiqlik ajratish quvvati 1,5 G kal/ soat (1 G kal/soat = 1,163 MVt), bosimi esa 0,4 MN/m2 (4 kgk/sm2) gacha. Bunday Qozon larning oʻchoq apparatlarini oʻzgartirib, qattiq yoqilgidan gazsimon yoqilgʻi yoqishga oʻtkazish mumkin (q. Bugʻ qozoni, Bugʻ turbinali elektr stansiyasi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x