QOSIMBEKOV

QOSIMBEKOV Toʻlagan (1931.15.1, Qirgʻiziston, Jalolobod viloyati Yangiyoʻl tumani Aqjoʻl qishlogʻi) — Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1986). «Yilqichi oʻgʻli» (1956), «Tugʻilgan yer» (1958) kitoblari, «Odam boʻlgim keladi» (1960) qissalari bilan tanilgan. «Singan qilich» (1966) romani mashhur. Asarda qirgʻiz xalqining 19-a. oʻrtalaridagi hayoti tasvirlangan. Qoʻqon xonligi davriga oid tarixiy voqealar, Oʻrta Osiyoning ruslar tomonidan zabt etilishi, uning oʻzbeklar va qirgʻizlar taqdiriga taʼsiri epik planda koʻrsatilgan. «Kelkel» («Toleʼ», 1986) romani — «Singan qilich»ning mantiqiy davomi boʻlib, unda 19-a. ning 2-yarmi va 20-a. ning 1-choragidagi Oʻrta Osiyo xalqlari hayoti Toʻqtagʻul, Qurbonjon dodxoh kabi tarixiy shaxslar taqdiri orqali ochib berilgan.

As: Singan qilich, T., 1980.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x