QORLIYEV

QORLIYEV Olti (1909.6.1 — Ashxobod — 1973,11,12) — turkman aktyori, rej., dramaturg. Xalq artisti (1955). Boku teatr texnikumini tugatgan (1931). Turkman drama, opera teatrlarida aktyor, rej., bosh rej. boʻlib ishlagan. 1956—60 y. lar «Turkmanfilm» direktori. 1957-y. dan shu kinostudiyada rej., aktyor. Nuri («Dursun»). kerim («Uzoqdagi kelin»), Aldarkoʻsa («Sehrgar kristall»). choʻpon Durdi va uning oʻgʻli Qadam («Choʻpon oʻgʻli»), BayramOila nomusi») kabi rollari bilan turkman kinosi rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Rej. sifatida «Maxsus topshiriq», «Ayna», «Dadil qadam», «Mahtumquli», «Daryo orti chegara», «Muqom sirlari» singari filmlarni suratga olgan. 1974-y. dan «Turkmanfilm» Q. nomi bilan yuritiladi. Turkmaniston Davlat mukofotlari laureati (1966, 1976).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x