QORIYEVA

QORIYEVA Mahsuma (1902, Toshkent — 1946.18.4, Moskva) — ilk oʻzbek ak-trisalaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1937). 1918-y. dan M. Uygʻur boshchiligidagi truppada ishlagan. Oʻzbek, rus va jahon mumtoz dramaturgiyasi asosida yaratilgan spektakllarda yetuk obrazlar yaratgan. Marijon (A. Mus tafin «Karimning qotili»), Jamila, Hojar, Maryamxon, Fotima (Hamza, «Boy ila xizmatchi», «Holisxon», «Zaharli hayot», «Tuhmatchilar jazosi»), Luiza, Amaliya (F. Shiller, «Makr va muhabbat», «Qaroqchilar»), Kseniya (N. Pogodin, «Mening doʻstim») va b. Yoqimli ovozga ega boʻlgan Qoriyeva ilk oʻzbek musiqali dramalarida ham bosh rollarni ijro etgan: Layli, Shirin (Xurshid, «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin»), unga ayniqsa katta shuhrat keltirgan Halima (Gʻ. Zafariy) va b. Ijodi davomida xarakterli rollar ustasi sifatida ham tanilgan: Adelma (K. Gossi, «Malikai Turandot»), Malika (Lope de Vega, «Qoʻzibuloq»), Orlovskaya (A. Slavin, «Intervensiya»), Gertruda (U. Shekspir, «Hamlet»), Ona (Uygʻun, «Ona») va b. shular jumlasidan.

3 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x