QORIYEV

QORIYEV Abduvohid, Abduraufqoriyev Abdulvohdqori (1855 – Toshket – 1938.12.1) – jamoat va din arbobi, pedagog. Dastlab Koʻkcha dahalik maktabdor Yoqubxoʻja eshondan eski usulda saboq olgan. 1870-80 y. larda Eshonqulidodxoh va 1880—88 y. larla Buxorolagi Ernazarboy madrasalarida tahsil koʻrgan. 1888-1906-y. larla Toshkent sh. Shayx Xovandi Tohur dahasidagp Mir abdullaboy masjid-madrasasida imom, mudarris, shu daha qozisi. 1906 i. da Toshkent sh. dumasi aʼzosi. 1907-y. da Rossiya Davdat dumasiping deputati. U Dumaga mahalliy aholi nomidan Pirmuhammad aʼlam Tursunmuhammad oʻgʻli bilan hamkorlikda ishlab chiqqan talabnomasini topshirgan. Shu yili aholini oʻz haq-huquqi uchun kurashga chorlovchi «chaqiriq»larni oʻzbek va tojik tilida yozib tarqatgan. Shuning uchun 1909-y. da Tula viloyatiga 5 y. ga surgun qilingan. U rus adibi L. N. Tolstoy bilan shaxsan koʻrishib, suhbatlashib, 1910-y. da uning dafn marosimida ishtirok etgan.

Qoriyev surgundan qaytgach, 1917-y. apr. gacha mudarris, apr. oyidan «Shoʻroyi islom» raisi. 1918-y. dan «Fuqaho» («Huquqshunoslar») jamiyat aʼzosi. Oʻrta Osiyo mahkamai shariya idorasining raisi. 1923-y. da shu idora delegatsiyasi tarkibida Ufaga borib, Usmon Kurʼonini olib kelishda ishtirok etadi. 1926-y. da Makka sh. da boʻlib oʻtgan xalqaro musulmonlar kongressi ishtirokchisi.

Qoriyev 1937-y. da asossiz ravishla qamoqqa olingan va 1938-y. kaltaklab oʻldirilgan. 1957-y. da oqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x