QORASUV — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatidagi shahar (1960-y. dan). Oʻsh-Qorasuv vohasida, Bishkek— Oʻsh avtomobil yoʻli yonida joylashgan. Aholisi 17,9 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Andijon — Jalolobod t. y. liniyasida. Qorasuvdan Oʻshga t. y. shoxobchasi oʻtgan (22 km). Paxta tozalash, moy ekstraksiya, avtomobil taʼmirlash z-dlari, avtokorxona, un mahsulotlari kti bor. Avtovokzal, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi ishlab turibdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые