QORAQURUM

QORAQURUM — Markaziy Osiyodagi togʻ sistemasi, Hindiston (Jammu va Kashmir shtatlarida) va Xitoy hududlarida. Yer yuzidagi eng baland togʻ sistemalaridan biri. Shim. da Pomir va Kunlun, jan. da Himolay va Gandi-sishan tizmalari oraligʻida. Uz. 500 km, sharqidagi Changchenmo va Pangong tizmalari bilan birga 800 km chamasida. Eni 150—250 km. Oʻrtacha bal. 6000 m, eng baland joyi 8611 m (Chogori choʻqqisi). Bir qancha choʻqqilarining bal. 8000 m dan ziyod. Qoraqurum alp burmalanishida vujudga kelgan boʻlib, yalon-gʻoch qoyali choʻqqilar, toshloq, tik yon bagirli chuqur daralar, qurumlar xos. Zamini granit, marmar, kristalli slanes, gneys, vulkanogen choʻkindi jinslardan tarkib topgan. Iqlimi keskin kontinental, choʻl iqlimi. Jan. yon bagʻri Hind okeani mussonlari taʼsirida bir oz sernam. Yillik yogʻin 100—500 mm. Muzliklar mayd. 16,3 ming km2, yiriklari: Siachen (uz. 75 km), Baltoro, Rimo. Qoraqurum Hind va tarim daryolari oʻrtasida suvayirgʻichdir. Daryolari qor va muzliklardan toʻyinadi. Oqmas koʻl va botqoqliklar bor. 3000—3500 m balandlikkacha qaragʻay, himolay kedri, daryo vodiylarida tol, terak oʻrmonlari oʻsadi. Shim. yon bagʻirlari sovuq choʻl va quruq dasht, jan. musson taʼsiridagi yon bagʻri dasht landshaftli, alp oʻtloqlari bor. Togʻ yon bagʻirlarida donli ekinlar ekiladi, mol boqiladi, bogʻ va tokzorlar barpo qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x