KVAS

KVAS (rus.) — javdar yoki arpa solodi (undirib yanchilgan doni), javdar uni, qand va yalpizdan tayyorlanadigan chanqovbosar ichimlik. Oldin kvas suslosi (atalasi) tayyorlanadi, kvas achitqisi va sut kislota bakteriyalari aralashmasi, qand va yalpiz qoʻshib achitiladi. 20—25° haroratda 6—12 soatdan keyin susloning bijgʻishi tamom boʻladi. Soʻng 10—15° gacha sovitiladi, filtrlanadi, bochka yoki shishalarga quyiladi. Hozir uy sharoitida osongina tayyorlasa boʻladigan konsentratlar ishlab chiqariladi. Shuningdek, olma, limon va b. mevalardan tayyorlanadigan Kvaslar xam bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x