QORAOʻZAK TUMANI

QORAOʻZAK TUMANIQoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1928-y. da tuzilgan. 1959-y. mart oyida Taxtakoʻpir tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1975-y. 26-noyabrda qayta tashkil etilgan. Shim. dan Moʻynoq, gʻarbdan Chimboy, Kegey-li, Nukus tumanlari, jan. va jan,-sharqdan Amudaryo, Beruniy tumanlari, sharqdan Taxtakoʻpir tumani bilan chegaradosh. Mayd. 5,9 ming km2. Aholisi 44,2 ming kishi (2005). Tumanda 1 shaharcha (Qoraoʻzak), 8 ovul fuqarolari yigʻini (Madaniyat, Berdaq, Yesimoʻzak, Olgʻabos, Qorabugʻa, Qorakoʻl, Qoraoʻzak, Qoʻyboq) bor. Tuman markazi — Qoraoʻzak shaharchasi.

Tabiati. Yer yuzasi, asosan, tekislik. Tumanning shim.-sharqiy qis-mini Beltov qirlarining qumliklari, jan. qismidagi katta hududni Toshquduq qumliklari egallagan. Jan. chek-kasida Sulton Uvays togʻi (eng baland joyi — Qorachingʻil 485 m) joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 5° dan — 8°gacha. Eng past t-ra —35°, iyulniki 26—28°. Eng yuqori t-ra iyulda 42°. Sovuq boʻlmaydigan davr 195—200 kun. Yillik yogʻin 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi. Tuman xoʻjaliklari Quvonish-jarma kanali tarmoqlari — Yesimoʻ-zak, Koʻkoʻzak va Markaziy kanallaridan suv oladi. Jan. chekkasidan Amudaryo oqib oʻtadi. Tuproqlari oʻtloqiboʻz, qumloq-boʻz, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq va shoʻrxok tuproqlar. Jan. qismida katta koʻchma va yarim koʻchma qumliklar bor. Tabiiy oʻsimliklardan shoʻra, ajriq, bugʻdoyiq, qamish; qumloq yerlarda shuvoq, rang, juzgʻun; qumlarda saksovullar, boyalich, cherkez va b. oʻsadi.

Yovvoyi hayvonlardan sudralib yuruvchilar (kaltakesaklar, toshbaqa, ilonlar) va kemiruvchilar (yumron-qoziq, kalamush, sichqonlar) yashaydi. Shuningdek chiyaboʻri, boʻrsiq, jayran, tulki; qushlardan xoʻjasav-dogar, burgut, suvlarida baliqlar bor.

Aholisi, asosan, qoraqalpoq, oʻzbek va qozoqlar, shuningdek, rus, koreys, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 7,5 kishi. Shahar aholisi 12,3 ming kishi, qishloq aholisi 31,9 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda qurilish tashkilotlari, ipakchilik, don qabul qilish boshqarmasi, paxta tozalash z-di, 3 paxta qabul qilish punkti, 2 avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxob-chalari, kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar bor. Elektr energiyani Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasidan oladi. Tuman q. x. ning asosiy tarmogʻi paxtachilik boʻlib, chorvachilik, sholikorlik, ipakchilik ham rivojlangan. Qoraoʻzak tumanida 1 chorva shirkat xoʻjaligi, 1 tajriba xoʻjaligi, 500 dan ziyod fermer xoʻjaligi mavjud. Umumiy mayd. 587,1 ming ga, shu jumladan, sugʻoriladigan maydonlari 32,1 ming ga. Umumiy ekin mayd. 14,8 ming ga, shu jumladan, 3,3 ming ga yerga paxta, 7,9 ming ga maydonga don ekinlari; 127 ga yerga sabzavot, 446 ga yerga poliz ekinlari ekiladi (2005). Mevali bogʻlar bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda 17,7 ming qoramol, 47,5 ming qoʻy va echki, 923-yilqi, 226 tuya boqiladi.

Tumanda 32 umumiy taʼlim maktabi va 1 litsey (10,2 ming oʻquvchi), bolalar musiqa maktablari, q. x. kasb-hunar kolleji (450 talaba), 2 madaniyat uyi, 235 ming kitobga ega boʻlgan 2 kutubxona bor. Tibbiyot sohasi boʻyicha 210 oʻrinli kasalxona, 22 feld-sher-akusherlik punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 9 qishloq vrachlik punkti va b. tibbiy muassasalarda 62 vrach, 566 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Qoraoʻzak tumanidan Xalqobod orqali Nukus sh. gacha boʻlgan 72 km li maso-fada avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x