QORABOVUR

QORABOVURUstyurt platosining markaziy qismidagi qir. Qoraqalpogʻiston va Qozogʻiston Respublikalari hududida. Shim.-gʻarbdan jan.sharqqa qariyb 220 km ga choʻzilgan. Eni oʻrta qismida keng, 120 km dan ortiq. Oʻrtacha bal. 200 m, shim.-gʻarbida 290 m gacha. Yer yuzasi tekis, yon bagʻirlari quruq soylar bilan kesilgan. Trias, yura, boʻr, paleogen va neogen choʻkindi togʻ jinslaridan tashkil topgan. Ularning ustida sarmat davri ohaktoshlari tarqalgan, ohaktoshlar orasida gipsli mergel va gil qatlamlari uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, t-ra qishda —30° gacha, yozi issiq, quruq, davomli, eng yuqori t-ra 44°. Yillik yogʻin 150 mm gacha. Karst relyef shakllari (karst voronkalari, diametri 30 m gacha, chuq. 16 m gacha), ostida koʻllar mavjud boʻlgan gʻorlar uchraydi. Sur-qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Oʻsimlik qoplami siyrak, shuvoq, shoʻra va b. oʻsimliklar oʻsadi. Hayvonot dunyosi choʻlga xos.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x