QORABOLGʻASUN, Xara-Balgʻas — Uygʻur xonligi poytaxti — Oʻrdu baliq xarobasi (8—9-a. lar). Yenisey qirgʻizlari tomonidan 840-y. bosib olinib, yondirib yuborilgan. Oʻrxun daryosining soʻl qirgʻogʻida, Erdeni-dzu monastiri (MXR) dan 15 km shim. da joylashgan. Qorabolgʻasunning markaziy qismi tuproq tepalar bilan oʻrab olinib, u qalʼa va arkdan jan.-gʻarbda boʻlgan. Kalʼa va arkning istehkomlari va xom gʻishtdan ishlangan devorlari 10—12 m balandlikda saqlanib qolgan, ark oʻrtasidagi qoʻriqchi minora bal. 14 m. Shahar qatʼiy reja asosida qurilgan. Shahar atrofida rabod xarobalari, ekinzorlar, sugʻorish kanallari, chorbogʻlar, bogʻlar izlari saqlangan. q. xarobalarini rus sayyohlari N. M. Yadrinsev (1889) va V. V. Radlov (1891) tavsiflashgan. 1949-y. S. V. Kiselyov rahbarligidagi tarix-etnografiya eks-peditsiyasi qazishma ishlari olib borgan. Qalʼa ichida saroy binosi, ark tepasida — koʻp qavatli bino, shahristonda — temirchi-hunarmandning uyi aniqlangan. Qorabolgʻasundan uygʻurlarning 8—9-a. larga oid sopol idishlari chiqqan. Vayronagarchilik va shaharga oʻt qoʻyilganligining izlari saqlangan. Qalʼadan jan. da ibodatxonalar majmui joylashgan, unga yondosh turar joylar uygʻur xoqonlariga tegishli boʻlgan: bu yerda ajdarho tasviri oʻyib ishlangan fanit stela (ustun) topilib, unga 9-a. dagi uygʻur xoqonlaridan biri sharafiga bitiklar (uygʻur, xitoy va sugʻd tilida) yozilgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии