QORA ChERIK

QORA ChERIKBuxoro amirligida muntazam qoʻshin bilan baravar urush yoki tinchlik chogʻida xizmatda boʻlgan nomuntazam lashkar. Ehtiyoj boʻlmagan kezlarda Qora cherik uylariga tarqalib ketgan. Qora cherikni toʻplash uchun hukmdor (amir) farmoni chiqqan va u bozorlarda jarchilar tomonidan eʼlon qilingan. Har bir qishloq, shahar, viloyatdan yigʻiladigan Qora cherik miqdori ilgaridan aniq boʻlganligi bois, amir buyrugʻiga binoan nomuntazam lashkar yetkazib berishda muammolar tugʻilmagan. Muntazam qoʻshin otlar bilan taʼminlangan bir paytda, Qora cherik, shaxsiy ulovi bilan harbiy harakatlarda ishtirok etishi majburiy hisoblangan. Qalʼa, qoʻrgʻonlarni muhofaza qilishda muntazam xizmatdagi askarlar soni kamlik qilsa, Qora cherikdan foydalanilgan. Baʼzan yurishda qatnashayotgan qoʻshinning deyarli yarmini Qora cherik tashkil etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x