QONUNIY VAKILLAR

QONUNIY VAKILLAR — muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatli boʻlsa-da, jismoniy (qariligi, kasalligi va b.) holati tufayli shaxsan oʻz huquqlarini amalga oshira olmaydigan va burchlarini bajara olmaydigan fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini hamma muassasalarda, jumladan, sudda alohida vakolatsiz, qonunga binoan himoya qiluvchi shaxslar. Qonuniy vakillar qonunda belgilangan huquq doirasida oʻzlari vakolatini olganlar nomidan ular manfaatini koʻzlab bitim tuzadi hamda ularning huquq va manfaatlarini boshqa shaxslar tomonidan sui-isteʼmol qilinishidan himoya etadi.

Oʻzbekiston Respublikasining FPKga koʻra, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqchari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sudda ularning Qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni far-zandlikka olganlar, vasiylar yoki homiylar) himoya qiladilar. Qonuniy vakil sudda ish olib borishni vakil sifatida oʻzi tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega (FPK, 51-modda). Jinoyat protsessida, qonuniy vakil ishda ishtirok etishga voyaga yetmagan yoxud belgilangan tartibda muo-malaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun jalb qilinadi. Ishda Qonuniy vakillar sifatida otaonalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar, voyaga yetmaganga yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan ishtirokchiga homiylik qiluvchi muassasalar va tashkilotlarning vakillari qatnashishlari mumkin. Qonuniy vakillarning huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi JPK da belgilangan (61-modda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x