INARI — Finlyandiyaning shim. dagi koʻl. Skandinaviya togʻlari bilan Manselkya qator tepalari oraligʻidagi keng botikda, 119m balandlikda joylashgan. Mayd. 1050 km2. Chuq. 60 m gacha. Qirgʻoqlari kuchli yemirilgan, 3000 dan ortiq orol va qoyalar bor. Noyab. oyidan martgacha muzlaydi. Pats-Yoki daryosi orqali Barens dengizi bilan tutashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые