QON

QONodam va umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasida aylanib yuradigan suyuq toʻqima; hujayra va toʻqimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funksiyalarining bajarilishini taʼminlaydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi gemogyubin Qonga qizil rang beradi. Qonning tarkibi, osmotik bosimi va aktiv reaksiyasi (rN) deyarli oʻzgarmaydi. Qon organizmda xilma-xil vazifalarni bajaradi: u hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi (nafas funksiyasi); ovqat hazm qilish aʼzolaridan oziq moddalarni butun organizmga tarqatadi (oziq moddalarni tashish funksiyasi); moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarish aʼzolariga (buyrakka) olib boradi. Qon aʼzolarning gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, suvtuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi. Qonda antitoksinlar, lizinlar va antitelolar borligi, shuningdek, leykotsitlar mikroorganizmlar va yot jismlarni qamrab yutish xususiyatiga ega boʻlganligi tufayli Qon organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi. U gavda trasini doim bir maromda saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Odamlarda 5,2 l cha Qon boʻladi. Qon suyuq qism — plazma (55—60%) va shaklli elementlar (40—45%) dan tashkil topgan. Qonning shaklli ele-mentlari Qon yaratish aʼzolarida ishlanadi; Q. va qon yaratish aʼzolari — Q. yaratish sistemasini tashkil etadi.

Qon maxsus mexanizmlar orqali regulyatsiya qilinadi, shuning uchun sogʻlom odam qonining tarkibi oʻzgarmaydi. Organizmdagi har qanday oʻzgarishlarga nisbatan Qon javob reaksiyasi qaytaradi, yaʼni oʻz tarkibini oʻzgartiradi. Ayrim kasalliklarni, xususan, Qon sistemasi kasalliklarini aniqlashda Qon tarkibining oʻzgarishi muhim ahamiyatga ega.

Qon plazmasi vitaminlar, fermentlar, tuzlar va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini saqlaydi. Plazmaga erigan oqsillar, jigar hujayralari va retikuloendotelial sistema hosil boʻladi. Plazma oqsillari transport vazifasini bajaradi, kislota-ishqor muvozanatini tartibga solib turadi.

Qonning shaklli elementlari asosan eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarlem iborat.

Qon tarkibidagi uglevodlarga glyukoza va uning almashinuv mahsulotlari kiradi. Qonda 80—100 mg % gacha glyukoza, shuningdek, glikogen, fruktoza va oz miqdorda glyukozamin boʻladi. Uglevodlar va oqsillarning almashinuv mahsulotlari (glyukoza va b. monosaxaridlar, kislotalar, tuzlar va suv) ichak kapillyarlaridan oqayotgan Qonga soʻriladi. Glyukozaning bir qismi aʼzo va toʻqimalarga tarqaladi, boshqa qismi esa jigarda glikogenga aylanadi.

Qon dagi lipidlar aralashmasi neytral yogʻlar, erkin yogʻ kislotalari va ularning parchalanish mahsulotlaridan, erkin va bogʻlangan xolesterindan, shuningdek, steroid gormonlaridan iborat. Neytral yogʻlar, glitserin, yogʻ kislotalari ichak shilliq qavatidan Qonga qisman soʻriladi. Qon yogʻ emulsiyasini yog toʻqimalariga yetkazadi va u yerda zaxira holda saqlanadi. Qon tarkibida mineral moddalar (asosan, natriy va xlor) ham bor. Organizmning turli patologik holatlarida (kasalliklarida) Qonda qator oʻzgarishlar roʻy beradi, bu muhim diagnostik ahamiyatga ega. Qonning tuzilishi, funksiyalari, kasalliklari va u bilan bogʻliq boshqa masalalarni gematologiya fani oʻrganadi.

Ad.: Bahromov S. M., Qon va uning kasalliklari, T., 1996.

Saidjalol Bahromov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x