QON DEPOLARI

QON DEPOLARIodam va yuksak darajada rivojlangan hayvonlarda mavjud qonning 50% ini zaxirada saqlaydigan rezervuar aʼzolar. Jigar, taloq va teri Q. d. hisoblanadi. Bu aʼzolarning tomir sistemasi oʻziga xos tuzilgan. Taloqda qonning bir qismi hujayralar orasiga tarqalgan boʻlib, qon aylanishida ishtirok etmaydi. taloq silliq muskullarining qisqarishi tufayli qon umumiy qon oqimiga qayta quyiladi. Jigar tomirlarida qon sekin oqadi. Jigar tomirlarining qisqarishi natijasida qon tomirlar boʻylab tarqatadi. Terida qon kapillyarlarda toʻplanadi. Organizmda kislorod yetishmaganida (mas, ogʻir jismoniy ish qilganda) yoki qon tarkibidagi gemoglobin miqdori kamayganda (mas, koʻp qon yoʻqotganda), Q. d. dagi qon umumiy qon aylanish sistemasiga chiqadi va miqdori koʻpayadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x