QOHIRA

QOHIRAMisr poytaxti. Afrikada eng katta shahar. Nil daryosi del-tasidan jan. da, asosan, daryoning oʻng sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan Qohira muhofazasini tashkil etadi. Aholisi 16 mln. kishidan ziyod (2000, shahar atrofi b-n). Iqlimi Oʻrta dengiz boʻyiga xos, oʻrtacha t-ra yanv. da 12°, iyulda 27°. Yillik yogʻin 34 mm, apr. — may oylarida 50 kungacha issiq quruq shamol — xamsin esadi.

Qohira — xalqaro havo, mamlakatning t. y., avtomobil va daryo yoʻllarining yirik chorrahasi. Qohira va uning atrofida mamlakat sanoat korxonalarining 1/4 qismi, fka va z-d ishchilarining 1/3 qismi toʻplangan. Mashinasozlik (shu jumladan, transport mashinasozligi) va metallsozlik, toʻqimachilik, kimyo, sement va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Shahar yaqinida yirik qora metallurgiya markazi bor. Q. — yirik savdo-moliya, arab dunyosining muhim noshirlik faoliyati markazlaridan. Qohirada badiiy hunarmandchilik qadimdan rivojlangan: teri, yogʻochdan turli-tuman badiiy buyumlar tayyorlanadi. Shaharda Misr muzeyi, islom sanʼati muzeyi, badiiy muzeylar, Akademiya, un-t, Misr in-ti va b. oliy oʻquv yurtlari va i. t. muassasalari (choʻl, tro-pik tibbiyot, q. x. institutlari), kutubxonalar, teatrlar bor.

Qadimda (taxm. mil. av. 17-a. da) Qohira oʻrnida qishloq boʻlgan. Rim-Vizantiya davrida shahar Bobil, keyinroq Fustat nomlari bilan mashhur edi. 861-y. da Ahmad al-Fargʻoniy Q. yaqinidagi Ravzo o. da Nil daryosi suvi sathini oʻlchab turadigan nilometr qurgan. Bu noyob inshoot hoz. qadar saqlanib turibdi. 969-y. da shaharning shim. chekkasida «Misr al-Qohira» («Gʻolib Misr») nomi bilan Fotimiylar hokimlari qarorgohlari qurila boshladi. 641— 969-y. larda K,. Misr, Tuluniylar, Ixshidiylarning arab noiblari, 973 — 1171-y. larda Fotimiylar xalifaligi poytaxti boʻlgan. Ayyubiylar (1171 — 1250) va mamluklar (1250-1517) davrida yirik diniy-siyosiy, savdo va hunarmandchilik markazi edi. 1517-y. da shaharni usmonli turklar egalladi. Misr ek-speditsiyasi davrida (17981801) Qohira fransuz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. Shahar aholisi bir necha marta (1798, 1800) bosqinchilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 19-a. da Qohira ancha rivojlandi, yangi turar joylar, sanoat korxonalari qurildi, oliy oʻquv yurtlari tashkil etildi. 1882-y. da Qohirani ingliz qoʻshinlari egallab, uni 1914—22 y. larda Britaniya protektorati maʼmuriy markaziga aylantirdi. 1922-y. dan Misr Podshohligi poytaxti. 1953—58 y. larda Misr Respublikasi, 1958—71 y. larda Birlashgan Arab Respublikasi, 1971-y. dan Misr Arab Respublikasi poytaxti.

Shahar eski va yangi qismlardan iborat. Eski Qohirada (Fustat, Bobil) «Troya minorasi» (mil. av. 130-y.), vizantiya davri cherkovlari (Avliyo sergiy, Bibi Maryam, Varvara) va ilk arab davri Amr ibn al-Aso masjidi (7-a.), Ibn Tulun masjidi (9-a.); fotimiylar davridan shahar devori xarobalari (11-a.), AchAzhar va b. masjidlar, Sabʼa Banot («Yetti qiz», 11-a.), Umm Kulsum (1122) maqbaralari, masjidlar, Usmonli turklar davridan Sinon poshsho (1571), muhammad Ali (1930—48) masjidlari saqlangan. Yangi shahar qismida keng koʻchalar, koʻp qavatli binolar, xiyo-bonlar, hukumat binolari, un-t shaharchasi, telemarkaz, bank binolari, sanoat r-nlari va b. qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x