Homila oldi (qog’onoq) suvi ko’p yoki kam bo’lishi ba’zida patologik holat mavjudligidan dalolat beradi.
Qog’onoq suvi qachon paydo bo’ladi?
Homiladorlikning 14 haftasiga qadar homila steril shishni ichida bo’ladi. Bu shish maxsus suyuqlik bilan to’lib turadi. Homila rivojlangan sari 14 haftaga kelib bu shish bachadonni butunlay qoplaydi va uni ichidagi suyuqlik ko’payib boradi. Suyuqlik asosan onaning qon plazmasidan va homila suyuqligidan (siydigi) tashkil eta boshlaydi. Ya’ni homila oldi suvlarining sifati va miqdori bolaning organizm faoliyatiga ham bog’liq bo’lib qoladi. Demak, suyuqlik miqdori yoki sifatidagi o’zgarishlar homilaning salomatligidagi o’zgarishlardan dalolat berishi mumkin.
Qog’onoq suvi har 3 soatda almashib turadi, va bu jarayonning 1/3 qismi homila faoliyatiga bog’liq. Yani bolaning salomatligi o’zi suzayotgan suvning 30 foizdan ko’proq miqdoriga «javobgar» bo’ladi.
B’azi tadqiqodlarning ko’rsatishicha, qog’onoq suvining hidi ona suti hidiga o’xshaydi, shuning uchun bola tug’ilgan zahoti ona ko’kragini topa oladi.
Qog’onoq suvi qancha miqdorda bo’lishi kerak?
Homila oldi suyuqligini shifokor har safar tekshirishi bejiz emas. Qog’onoq suvining ko’p yoki kamligi homila va homiladorlikning rivojlanishida biron salbiy o’zgarish yuz berganini ko’rsatishi mumkin.
Odatda qog’onoq suvi homiladorlikning 3 trimestriga qadar ko’payib borib, 32-34 haftalarda u 1 litrni tashkil etishi mumkin. Tug’ish yaqinlashgan sari suyuqlik kamayadi. Homiladorlarning 1 foizida qog’onoq suvi o’ta ko’pligi (poligidramnioz) yoki o’ta kamligi (oligogidramnioz) patologiyasi kuzatiladi.
Qog’onoq suvi qanday o’lchanadi?
Ultra tovushli diagnostika yordamida.
Qog’onoq suvi (homila suvi) muddatidan oldin oqa boshlasa nima bo’ladi?
Homila oldi suyuqlik muddatidan oldin ajralishni boshlasa, bola yoki ona infeksiyaga duch kelishi mumkin. Shuning uchun homila suvi muddatidan oldin chiqa boshlasa:
Homiladorlikning 22 haftasigacha bo’lgan muddatda bola oldirib tashlanadi, uni saqlab qolish imkoni bolmaydi;
Homiladorlikning 22-34 haftasigacha bo’lgan muddatda, homilani bachadonda imkon qadar uzoqroq ushlab turish maqsadida onaga bir necha kun davomida antibiotiklik va homila o’pkasini rivojlantiruvchi kortikosteroidlik muolajalar qilinadi. Natijada homilani tug’dirib olish muddati bir necha kunga suriladi. Lekin homila suvi ko’p ajralayotgani homilani himoyalovchi shish infeksiyalarga bardoshsiz bo’lganidan dalolat beradi, shuning uchun bunday homiladorlikni uzoq vaqt saqlashdan foyda yo’q. Chunki homila qog’onoq suvi ajralib turganda bachadonda uzoq vaqt saqlansa, u biron infeksiya bilan kasallanadi va sog’lom tug’ilmaydi. Shuning uchun homila kerakli muolajalar qilinguncha bir necha kun bachadonda saqlanib tug’dirib olinadi va muddatidan oldin tug’ilganligi uchun maxsus kuvesda kerakli muddatda nazoratda bo’ladi.
Homiladorlikning 34 haftasidan so’ng bola tug’dirib olinadi.
Qog’onoq suvi muddatidan oldin ajralmasligi uchun nima qilish kerak?
Normal homiladorlikda homila oldi suvi muddatidan oldin ajralmaydi. Quyidagi holatlar homila oldi suvlarining muddatidan oldin chiqishiga asosiy sababchi bo’ladi:
Ayoldagi endokrin kasalliklar;
Bachadon bo’yni patalogiyasi;
Homila patologiyasi;
Homiladorlik davomida kechirilgan kasalliklar(gripp va boshqa viruslar);
Bachadonda kerakli o’zgarmas haroratni ta’minlaydi;
Homilani tashqi infeksiyalardan himoyalaydi;
Homilani harakatlanishi uchun sharoit yaratadi, natijada homila tog’ri rivojlanadi;
Homilaning siydik va nafas tizimini rivojlantiradi, chunki bola siydigini ushbu suyuqlikka chiqarib, ushbu suyuqlikni nafas yo’llari va og’zi bilan yutadi.
Qog’onoq suvining ko’pligi poligidramnios deb ataladi.
Agar ultra tovushli diagnostika homila oldi suvi ko’pligini aniqlasa, homiladorlik keskin nazoratni talab qiladi.
Homila oldi suvlarining ko’pligi alomatlari bormi?
Agar qog’onoq suvlarining me’yoridan haddan ziyod ortishi kuzatilsa, u quyidagi alomatlar bilan namoyon bo’lishi mumkin, lekin xulosani ultra tovushli diagnostika faqat bera oladi:
Nafas olishda qiynalish;
Oyoqning shishi;
Jinsiy a’zolarning shishi;
Haddan ziyod ko’p siyish;
Qorin siqilishi;
Jig’ildoq qaynashi;
Ich qotishi.
Bu alomatlar normal kechayotgan homiladorlikda ham yoki boshqa patologik holatlarda ham namoyon bo’ladi. Shuning uchun bu alomatlar mavjudligi har doim ham homila oldi suvlari ko’payib ketganidan dalolat bermaydi.
Undan tashqari shifokor homilaning yurak urishini topa olmayotgan bo’lsa, bachadonni o’lchaganda u 2 va undan ortiq haftaga oshiqchaligini aniqlasa, bolaning qimirlashini yaxshi sezay olmasa, qog’onoq suvlari ko’pligiga shubha qilishi mumkin.
Poligidramnios (homila oldi suyuqligi ko’pligi) qachon namoyon bo’ladi?
Ko’pincha bu holat homiladorlikning ohirgi oylarida yuzaga chiqadi, lekin homiladorlikning 16 chi haftasidan so’ng paydo bo’lishi mumkin. Qancha vaqtli yuzaga chiqsa, homiladorlik davomida shuncha ko’p muammolar paydo bo’ladi.
Poligidramnios (homila oldi suyuqligi ko’pligi) sababi nima?
Homilaning tug’ma nuqsonlari;
Homilaning genetik kasalliklari;
Onada diabet kasalligi;
Egizaklarga keladigan qon miqdorining noto’g’ri taqsimlangani;
Manfiy rezus bilan homiladorlikdagi Rh(qon rezusi bo’yicha) nomutanosiblik;
Homilaning yurak xastaliklari.
Qog’onoq suvi keskin ko’pligi aniqlansa, qanday qiyinchiliklar yuzaga chiqadi?
Muddatidan oldin tug’ish;
Homilaning kattalashi;
Yo’ldoshning uzilishi;
Tuqqandan so’ng ko’p qon yo’qotish;
Tug’ish vaqti boladan oldin kindigining chiqib ketishi;
Bolaning bachadonda noto’g’ri joylashuvi;
O’lik homila.
Agar shifokorda qog’onoq suvining haddan ziyod ko’pligiga shubhasi bo’lsa, u ultra tovushli diagnostika, doppler diagnostikasi, amniotsentez, glyukoza testi kabi muolajalarni tavsiya etadi.
Homila oldi suvi ko’pligi aniqlansa, u qanday davolanadi?
Avallambor bu holatni keltiruvchi faktor aniqlanib, uni davolash maqsad qilinadi. Masalan, agar poligidramnios sababi bolaning yurak urishi patologiyasi bo’lsa, u holda uning yurak urishini normallashtiruvchi dori vositalari qo’llaniladi.
Ba’zi davolash usullari homiladorlikka yoki homilaga ziyon keltirishi mumkinligi uchun ular juda kam hollarda qo’llaniladi.
Agar homiladorlik 37 haftadan o’tgan bo’lsa, homila muddatidan avval tug’dirib olinadi.
Homila oldi suvlari normadan ko’payish darajasi unchalik yuqori bo’lmasa, u holda davolash yo’llarini o’rniga homilador ayolga tuqquniga qadar yotish tavsiya etiladi. Gorizontal holatda bo’lish muddatidan oldin bola tug’ilib qolishini oldini oladi.
Homila oldi suyuqligini shifokor tekshirishi bejiz emas. Qog’onoq suvining ko’p yoki kamligi homila va homiladorlikning rivojlanishida biron salbiy o’zgarish yuz berganini ko’rsatishi mumkin.
Odatda qog’onoq suvi homiladorlikning 3 trimestriga qadar ko’payib borib, 32-34 haftalarda u 1 litrni tashkil etishi mumkin. Tug’ish yaqinlashgan sari suyuqlik kamayadi. Homiladorlarning 1 foizida qog’onoq suvi o’ta ko’pligi (poligidramnioz) yoki o’ta kamligi (oligogidramnioz) patologiyasi kuzatiladi.
Homila oldi suvi kamligi aniqlangan homiladorliklarning atigi 4 %da haqiqiy oligogidramnios patologiyasi namoyon bo’ladi.
Bu holat ko’pincha homiladorlikning 3 trimestrida namoyon bo’ladi. Yoki, homilador ayol tug’ish kunidan 2 haftaga o’tib ketib ham tug’a olmayotgan bo’lsa, unda ham homila oldi suvi kamayishi kuzatiladi. Bu esa tugi’sh jarayonida qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.
Qog’onoq suvining kamayishiga nima sabab bo’ladi?
Homila tana a’zolari(buyrak va siydik tizimi) dagi nuqsonlar;
Yo’ldosh muammolari (yo’ldosh tizimi keraklicha qon va ozuqa yetqazib bera olmagan holat);
Homila oldi suvlarining muddatidan oldin chiqa boshlashi;
Homiladorlik tug’ish muddatidan ham o’tib ketishi (42 haftadan o’tgan homiladorlik);
Homilador ayol kasalliklari (diabet, preeklampsiya (homiladorlikda qon bosimining oshishi) va boshqa surunkali kasalliklar).
Homila oldi suvi kamayishi nimaga olib keladi?
Qog’onoq suvi yordamida homilaning nafas olish va buyrak tizimi, mushaklari, o’pkasi rivojlanadi.
Agar homila oldi suvlarining kamligi homiladorlikning 3-trimestriga qadar aniqlansa, bu holat homilaga jiddiy ziyon keltirishi mumkin, xususan o’lik homila, homila tushishi va tug’ma nuqsonlarga sababchi bo’lishi mumkin.
Agar homila oldi suvlarining kamligi homiladorlikning 2 chi yarmida aniqlansa, u holda bu muddatidan oldin tug’ishga, homila siydik tizimi muammolariga, tug’ish davri qiyinchiliklariga olib kelishi mumkin.
Qog’onoq suvi kamligi aniqlansa, nima qilsa bo’ladi?
Agar tug’ish muddati yaqinlashgan bo’lsa, bolani tug’dirib olish tavsiya etiladi. Agar tug’ish davriga hali uzoq bo’lsa, u holda homilaning faoliyati, harakati, stres holati va homila oldi suvi miqdori keskin nazorat ostida bo’ladi.
Undan tashqari qiyidagi muolajalar o’tkazilishi mumkin:
Tug’ish jarayonida kateter orqali qo’shimcha suyuqlik yuboriladi. Bu muolaja tug’ish jarayonini tabiiy ravishda o’tkazib, homila kindigiga o’ralib qolmasligiga yordam beradi. Yoki bo’lmasa, kesarcha usulda tug’dirish qo’llaniladi.
Ona regidrasiya qilinadi, ya’ni suyuqlikka to’ydiriladi. Ko’p suyuqlik ichish tavsiya qilinadi. Undan tashqari onaning qon tomiriga maxsus suyuqlik yuborilib turiladi, bu homila oldi suvi ko’payishiga yordam beradi.
Ba’zida ko’p suyuqlik ichish ayolga mumkin bo’lmaydi. Shuning uchun homiladorlikning 3 trimestrida shifokor man etmagan bo’lsagina normadan ko’proq suyuqlik ichish mumkin
Homila oldi suvi kamligi qanday aniqlanadi?
Homilaning harakatlanishining keskin kamayishi shifokorda homila oldi suvlari kamayganligiga shubha tug’diradi. Undan tashqari onadagi mavjud surunkali kasalliklar homila oldi suvi miqdorini nazorat qilishni taqazo etadi. Qog’onoq suvi ultra tovushli diagnostika (UZD, UTD) yordamida o’lchanadi.