QOCHIRISH

QOCHIRISH, urugʻlantirish — urgʻochi chorva mollarini urchitish usuli; urgʻochi mollarni erkaklari bilan tabiiy yoki sunʼiy juftlashishi urugʻlantirish. Urgʻochi mollarni Qochirish ularning optimal jinsiy siklida amalga oshiriladi (q. Kuyikish), jumladan, sigirlarda yil davomida tuqqanidan keyin jinsiy siklning birinchi (18 — 30 kundan soʻng) yoki ikkinchi (60—80 kundan soʻng) bosqichida oʻtkaziladi. Qoʻy, echki, yilqi, tuya, goʻshtdor zotli qoramollar mavsumiy — qoʻy-echkilar okt.-noyab. oylarida, ot, tuya, goʻshtdor zotli qoramollar bahoryoz oylarida qochiriladi. Choʻchqalarda Qochirish yil davomida oʻtkaziladi. Qochirish tuxum hujayrani otalantirish bilan yakunlanadi.

Hayvonlar, asosan, erkin sharoitda (erkak va urgʻochi mollar yaylovda otar yoki qoʻtonda birga boqilganda) hamda stanokda va sunʼiy usulda (er-kak va urgʻochi mollar bir-biridan ajratib boqilganda) qochiriladi. Sta-nokda va sunʼiy usulda Qochirish rejali nazorat ostida erkak moldan nasl olishda foydalanish, yil davomida nasl olish vaqtini tartibga solish hamda hayvonlarni tanlash imkonini beradi. Qoramolchilik, qoʻychilik, echkichiliksh Qochirishning eng samarali usuli sunʼiy qochirish hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x