QOʻSHRABOT

QOʻSHRABOTSamarqand viloyati Kushrabot tumanitgl qishloq, tuman markazi. Yakin t. y. stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon (58 km). Qoʻshrabotdan Samarqand sh. gacha 100 km. Aholisi 10 ming kishiga yaqin (2004). Qoʻshrabotda paxta tozalash, gʻisht z-dlari, MTP, kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dehqon bozori bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, kasbhunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uylari, stadion, sport maydonchalari va b. sport inshootlari mavjud. 6 kasalxona (shu jumladan, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻ-ruqxona va b. tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Qoʻshrabotdan Samarqand sh. va qoʻshni tuman markazlariga yoʻlovchilar tashuvchi avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x