QOʻSHRABOT TUMANI

QOʻSHRABOT TUMANISamarqand viloyatidagi tuman. 1978-y. 3 apr. da tashkil etilgan. Sharqdan Payariq, jan. dan Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon tumanlari, gʻarb va shim. dan Navoiy viloyatining Nurota, jan.-gʻarbdan xatirchi tumanlari, shim.sharqdan Jiz-zax viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 1,11 ming km2. Aholisi 93,3 ming kishi (2004). Tumanda 7 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Joʻsh, Zarmitan, Oxun-boboyev nomidagi, Oqtepa, Pangat, Urganji, Qoʻshrabot) bor. Markazi — Qoʻshrabot qishlogʻi.

Tabiati. Yer yuzasi Nurota togʻlari va togʻ oldi qismlaridan iborat. Shim. da Nurota tizmasi (eng baland joyi — Hayotboshi choʻqqisi, 2165 m), jan. da Oqtogʻ tizmasining sharqiy qismi joylashgan. Relyefi tizmalardan atrofga tomon 500 m gacha pasayib boradi. Tizmalar etagi meridional yoʻnalgan vodiylar bilan qirqilgan. Ikkala tizma Nurota botigʻi orqali bir-biridan ajralib turadi. Iqlimi togʻ tepalari va yon bagʻirlarida nisbatan salqin, togʻ etaklari va botiqlarda yoz issiq va quruq, qishi unchalik sovuq boʻlmaydi.

Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — G, eng past t-ra —29°, iyulniki 27—28°, eng yuqori t-ra 43°_ Vegetatsiya davri 200 kundan ortiq. Yillik yogʻin 200—300 mm, togʻ yon bagʻirlarida 600 mm gacha, asosan, bahor va qishda yogʻadi. Yogʻingarchilik faslida togʻlarda oqar suvlar hosil boʻladi. Yozda soylarning koʻpchiligi qurib qoladi. Yirikroq soylari — Oqsoy, Sagʻanoq, Gʻujumsoy, Pi-chatsoy, Pangatsoy va b. Togʻli qismida buloq koʻp. Tuproqlari botiqda och boʻz, boʻz, togʻ yon bagʻirlarida toʻq boʻz tuproq. 1600 m dan balandda togʻ-jigarrang va togʻ-oʻtloq tuproqlari tarqalgan. Oʻsimliklari, asosan, choʻl va togʻ-choʻl landshaftlariga xos. Togʻlarning 1500—1700 m balandlikkacha boʻlgan qismlari chala choʻl oʻsimliklari, yaʼni efemer va efemeroidlardan tashkil topgan. Bu yerda butalardan bodom, uchqat, naʼmatak, pista, doʻlana va b. oʻsadi. Togʻlarning baland qismida ora-sira archalar uchraydi. Togʻ odsi qismlarida shuvoq, yantoq, efemerlar (rang, qoʻngʻirbosh va b.) oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, boʻrsiq, tipratikan, yumronqoziq, toshbaqa, echkemar, ilonlar (jumladan, zaharli ilonlar), qushlardan kaklik, qorabovur, burgut, qoraqargʻa va b. bor. Qazilma boyliklardan oltin, qurilish materiallari qazib olinadi. Hududida Kushrabot buyurtma qoʻriqxonasi joylashgan.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholiningoʻrtacha zichligi 1 kmg ga 84 kishi.

Xoʻjaligi, asosan, chorvachilik, gʻallachilik, qisman bogʻdorchilik va tokchilikka ixtisoslashgan. Chorvachilikning asosiy tarmogʻi — qorakoʻlchilik. Tumanda yirik, oʻrta, kichik korxonalar va mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi kichik korxonalar (kiyim tikish, avtomobil taʼmirlash, tele-apparaturalar tuzatish va h. k.) ham bor.

Qoʻshrabot tumanida 60,2 mingga yaqin qoramol, 207,5 mingga yaqin qorakoʻl qoʻylari, 3,7 mingdan ziyod yilqi boqiladi. Qoʻshrabot tumani mahsulotlarining asosiy qismi fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi. 5 shirkat,ʻ 1 jamoa, 1 naslchilik, maxsus, 388 fermer xoʻjaligi bor.

2004/2005 oʻquv yilida 88 umumiy taʼlim maktabida 25,8 mingga yaqin oʻquvchi, 2 kasb-hunar kollejida 734 talaba taʼlimoldi. 44 kutubxona (178,7 ming nusxa kitob), 19 madaniyat uyi, stadion, sport maydonchalari mavjud. 6 kasalxona (320 oʻrin), 34 feld-sher-akusherlik punkti, 18 qishloq davolash ambulatoriyasi va b. tibbiy muassasalarda 125 vrach, 710 oʻrta va kichik tibbiy xodim ishlaydi.

Toshpoʻlat Jumaboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x