QOʻSHMADRASA

QOʻSHMADRASA — Buxorodagi koʻsh (muqobila) uslubida bunyod etilgan meʼmoriy yodgorlik; qad. koʻchaning ikki yonini egallagan Abdullaxon madrasasi (1588—90) va Modarixon madrasasi (1566—1567)dan iborat majmua. Ikkala binoning bosh tarzlari bir mujassamot oʻqi boʻylab bir-biriga qaratib qurilgan; majmua uchun ajratilgan joydan mohirona foydala-nilgan. Abdullaxon madrasasining tarhi toʻrtburchak boʻlgan holda jan. tomoni qisman ichkariga kirgan, gʻarbiy va shim. tomonlarida tashqa-rilariga turtib chiqqan boʻrtiq qismlari mavjud; boʻrtiq qismlarining oʻrtasida hovli boʻlib, u 2 qavatli («yorugʻli») va gumbazlidir (gumbaz «Ablullaxon fonusi» deb yuritiladi). Modarixon madrasasidan oʻtgan mujas-samot oʻqi darvozaxonaning orqasida sinib davom etadi. Bu madrasani qibla tarafga qaratib qurish zaruratidan kelib chiqqan. Abdullaxon madrasasida ham masjid qiblaga qaratish zaru-ratidan madrasaning umumiy tarhiga nisbatan burchak ostida qurilgan. Q. Oʻrta Osiyoning noyob meʼmoriy majmualari qatoriga kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x