QOʻSHBULOQ OLTIN KONI — Angren sh. dan 15 km jan. da, Qurama tizmasining shim. yon bagʻridagi kon. 1959-y. da topilgan. 1966-y. dan oʻzlashti-rilmoqda. Konning mayd. 10 km2. Oʻrta karbon davriga mansub andezit-datsit formatsiyali, qalinligi 2,5 km gacha boʻlgan vulkanogen yotqiziqlari qoplamidan tarkib topgan Qoʻshbuloq kalderasida rivojlangan. Rudalanish kvars-sulfidli tomirlarda va kvarslanish zonalarida sodir boʻlgan. Mineral tarkibi boʻyicha oltin-sulfid-kvarsli telluridli formatsiyaga tegishli. Rudalarning tarkibida koʻproq kvars va kamroq miqdorda karbonat, seritsitlardan tashqari, turli sulfidlar va kam darajada sulfatuzlar, telluridlar, oksidlar, tugʻma elementlar mavjud. turli ruda tanalarida rudali minerallarning miqdori har xil (5 dan 15 — 20% gacha). Konda oltin-sulfid-tel-luridli assotsiatsiya asosiy oltin mahsulotli hisoblanadi. Yertomir minerallari kvars, karbonat, seritsitlardan tashkil topgan. Asosiy rudali minerallar piryt, xira rudalar, oltin va kumushning telluridlari, tugʻma oltinlardir. Baʼzan qalay minerali (kassiterit) uchraydi. Kon rudalari majmuali: asosiy komponen-tlari oltin (13,4 g/t), kumush (112,4 g/t gacha); yoʻl-yoʻlakaylari mis (0,29%), selen (0,0004%), tellur (101,6 g/t), vismut (0,01%). Rudalar 32 ta yirik rudali strukturalarda mujassamlashgan, hoz. vaqtda 120 tacha ruda tanalari aniqlab oʻrganilgan. Konda ruda tanalarining ikki morfologik turi mavjud. Birinchi turga uz. 632 m gacha boʻlgan va oʻzga-ruvchi qalinlikka (0,1 —10,2 m, oʻrtacha 3,8 m) ega boʻlgan, ruda notekis tarqalgan tomirlar va minerallashgan zonalar kiradi. Ular tik va qiya holda muvofiq yotadi. Ikkinchi turga murakkab geologik tuzilishga ega boʻlgan tik yotuvchi quvursimon tomirli tanalar yoki notoʻgʻri shaklli eksp-loziv brekchiyalar tanalari kiradi. Burgʻilash maʼlumotlariga koʻra rudalanish koʻlami 1500 m chuq. gacha boradi. Kondan hoz. vaqtda foydalanilmoqda. Chuqur gorizontlari va chekka qismlari hali yaxshi oʻrganilmagan.
5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии