QOʻRIQ YER

QOʻRIQ YER — asrlar davomida ekin ekilmagan, tabiiy oʻsimliklar bilan qoplangan yer. Haydalma yerlarga nisbatan Qoʻriq yer tuprogʻining ildiz oʻsadigan qavati koʻp miqdorda gumus, azot va oʻsimliklar oziqlanishi uchun muhim boʻlgan boshqa elementlarga boy boʻladi. Begona oʻtlar urugʻi bilan kam ifloslangan, biologik faolligi past va oʻziga xos suv rejimiga (qur-gʻogchil r-nlarda ular kuchli quruq, nam yerlarda koʻproq namchil) ega. Qoʻriq yerning bu xususiyatlari har xil tipdagi Qoʻriq yer larda turli darajada namoyon boʻladi.

Qoʻriq yer lar: choʻl, dasht va yarim choʻl, daryoboʻyi, botqoq, suvsiz vodiy yaylovlari va oʻtloqlari kabi asosiy tiplarga boʻlinadi. Qoʻriq yer dehqonchilikda haydalma yer resurslarini koʻpaytirishning asosiy manbai (q. Qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x