QOʻRGʻOSHINQALʼA

QOʻRGʻOSHINQALʼA — qad. shahar xa robasi (mil. 1—4-a.). Toʻrtqoʻl sh. dan 44 km shim.-sharqda. 1938-y. da S. P. Tolstov va Ya. Gʻulomovlar tomonidan roʻyxatga olingan. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan. Qoʻrgʻoshinqalʼaning qum ostida qolib ketgan, toʻgʻri burchakli devor qoldiqlari saqtangan. Mudofaa devorida boʻrtib chiqqan 15 tacha burjlar bor. Burj va devorlarda dushmanga oʻq otish uchun maxsus nishon tuynuklari va devorda jangchilar harakati uchun maxsus yoʻlak qoddirilgan. Qoʻrgʻoshinqalʼadan uy-roʻzgʻor buyumlari, hayvonlar rasmi solingan sopol boʻlaklary va mis tangalar topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x