QOʻRGʻONTEPA

QOʻRGʻONTEPAAndijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanipati shahar (1976-y. dan), tuman markazi. Shahrixonsoy va Andijonsoy oʻrtasida joylashgan. T. y. stansiyasi (Savay). Andijon sh. dan 41 km. Qoʻrgʻontepa hududidan respublika ahamiyatidagi avtomagistral oʻtgan. Aholisi 28,3 ming kishi (2005). Qoʻrgʻontepada paxta tozalash z-di, paypoq toʻqish f-kasi, attorlik f-kasi filiali, non k-ti, Toshkent instrumental z-dining filiali, avtokorxonalar, MTP. dehqon bozori, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes korxonalari, «El-jihoz» servis qoʻshma korxonasi bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, 3 kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi va uning shoxobchalari, klub muassasalari, madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bogʻi. Xotira maydoni mavjud. Sport majmuasi, stadion va b. sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona maj-muasi, poliklinika, lorixonalar va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Qoʻrgʻontepadan Toshkent, Aldijon sh. lariga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x