QOʻQON-JIZZAX AVTOMOBIL YOʻLI

QOʻQON-JIZZAX AVTOMOBIL YOʻLI (A-376) — davlatlararo ahamiyatga ega boʻlgan magistral yoʻl. Qoʻqon sh. dan boshlanib, Tojikiston Respublikasi hududida Konibodom sh., Qayroqqum suv omborini yonlab Xoʻjand sh., soʻngra Toshkent viloyatining bekobod tumani, Sirdaryo viloyatining Xovos, Jizzax viloyatining Zomin tumanidan oʻtadi va Toshkent — Ter-miz (M-39) xalqaro avtomagistralini kesib oʻtib Jizzax sh. ga kiradi. Xalq hashari yoʻli bilan 1938—40 y. larda qurilgan. Keyingi davrlarda bir necha marta rekonstruksiya qilingan va kengaytirilgan. Umumiy uz. 300 km. Yoʻlning 164 km qismi asfalt-beton, 136 km qismi qora toʻshamali. Yoʻlning 53 km — I darajali, 232 km — II darajali, 15 km — III darajali toifaga kiradi. Transport harakati jadalligi 1585—3566 avtomobil/kunni tashkil qiladi.

Tohirjon Mirzayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x