QOʻNGʻIR TEMIRTOSH

QOʻNGʻIR TEMIRTOSHtemir ru dasi, temir gidrooksidi (gyotit, gidrogyotit, lepidokrokit va b.) ning kremniy va alyuminiy oksidlari va gidrooksidlari bilan birikmasi. Qoʻngʻir temirtosh — minerallarning yupqa dispers aralashmasi, rangi toʻq jigarrangdan och sariqqacha. Gʻovak, tuproqsimon massa, oolit, dukkakli, konkretsiya va stalaktitlar koʻrinishida boʻladi. Baʼ-zan tarkibida pirit, markazit va b. sulfidlar, temir tarkibli karbonatlar va oksidlar hamda qazilma organizmlar qoldiqlari uchraydi. Qoʻngʻir temirtosh — temir rudalarining eng koʻp tarqalgan turi, tarkibida 30% dan ortiq temir boʻlib va zararli aralashmalar — oltingugurt, fosfor va margi-mush kam boʻlsa sanoat ahamiyatiga ega boʻladi. Qoʻngʻir temirtoshning hosil boʻlishi Yer poʻstining yuqori zonasidagi oksidlanish jarayoni bilan bogʻliq. Ulardan metallurgiya sanoatida keng foydala-niladi. Qoʻngʻir temirtoshning eng yirik konlari: choʻkindi (dengiz, daryo, koʻl, botqoqlik) va oʻta asosli togʻ jinslarining nurash poʻstida vujudga keladi. Oolitli Qoʻngʻir temirtosh larning dunyo boʻyicha eng yirik choʻkindi konlari: RF (Gʻarbiy Sibir havzasi), Fransiya (Lo-taringiya)da bor. Xrom-nikelli choʻyan va poʻlatlarni quyish uchun xom ashyo hisoblanadigan oʻta asosli togʻ jinslarining (nikel, xrom va kobalt aralashmasi b-n) tabiiy legirlangan Qoʻngʻir temirtosh konlari AQSH, RF (Ural), Kuba (Mayari) va Yangi Kaledoniyada mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x