QOʻGʻA

QOʻGʻA, chakan — qoʻgʻadoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali oʻsimlik. Poyasi tik oʻsadi, silindrsimon yoʻgʻon, boʻyi 2—3 m. Barglari keng tasmasimon. Gullari mayda, ayrim jinsli, gulqoʻrgʻonsiz, qoʻngʻir tusli toʻpgulga yigʻilgan. Er-kak gullari toʻpgulning yuqori qismida, urgʻochi gullari esa ost qismida joylashgan. Ildizpoyasi serkrax-mal, yer bagʻirlab oʻsadi. Iyunsent. da gullaydi va mevalaydi. Mevasi yongʻoq-cha. Uchmali mayda urugʻlari shamol vositasida tarqaladi. Urugʻidan hamda ildizpoyalaridan koʻpayadi. Oʻrta Osiyodatarqalgan. Botqoq joylarda, suv omborlari, ariqlar va tashlama kanallarning qirgʻoqlarida, toʻqayzorlarda oʻsadi. Sholi maydonlarini if-loslaydi.

Kurash choralari: yer ildizpoya joylashgan chuqurlikkacha haydaladi va soʻngra ildizpo-yalar yigʻishtirib olinadi. Sugʻorish sistemasidagi kanallar tozalanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x