QOʻCHQORTOYEV

QOʻCHQORTOYEV Iristoy (1936.5.7, Sayram tumani, Qozogʻiston — 2000.20.12, Turkiya; Toshkentda dafn etilgan) — tilshunos olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000). Filol. fanlari d-ri (1978), prof. (1981). Oʻrta Osiyo untining filol. f-tini tugatgan (1958). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida kichik ilmiy xodim (1958—60), ToshDUda aspirant (1960—63), oʻqituvchi (1964—66), katta oʻqituvchi (1966-68), dotsent (1968—81), dekan oʻrinbosari (1981—82), oʻzbek filologiyasi f-ti dekani (1987—95), turk filologiyasi kafedrasi mudiri (1997-y. dan). Turkiya untida oʻzbek tilidan dars bergan.

Asosiy ilmiy ishlari oʻzbek tilida nutq feʼllari mavzuiga bagʻishlangan. Q. Oʻzbekistonda turkiy-shunoslikning rivojlanishiga muhim hissa qoʻshgan. Oliy oʻquv yurtlari uchun «Turkiy filologiyaga kirish» (hamkorlikda, 1984), «Tilshunoslikka kirish» (hamkorlikda, 1976) kabi darsliklar yaratgan. Uning bolalarga bagʻishlangan «Bu ishing yaxshimi» (1964), «Ikki va oʻn bir» (1964), «Yaylovda» (1965) kabi hikoyalar toʻplamlari ham bor.

As: Badiiy soʻz ustasi, T., 1967; Badiiy nutqstilistikasi, T., 1975; F. de Sossyurning lingvistik konsepsiyasi, T., 1976; Soʻz maʼnosi va uning valentligi, T, 1977; Oʻzbek tilida nutq feʼllari valent taxlili, T., 1977.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x