QOʻBIZ

QOʻBIZ, qil qoʻbiz, qobuz — 1) torli musiqa cholgusi. Oʻrta asr (Mahmud Qoshgʻariy, Navoiy, Bobur, Darvishali Changiy va b.) manbalarida Qoʻbiz turkiy xalqlarning eng sevimli tor-litirnama musiqa cholgʻusi sifatida taʼriflangan. Bu shakldagi Qoʻbiz (hoz. doʻmbi-rata yaqin) qirgʻizlarda qoʻmuz, xakaslarda xomis nomi bilan saqlangan. Oʻzbek, qozoq, qoraqalpoqlarda Qoʻbiz — torlikamonli cholgʻu sifatida mashhur. Umumiy uz. 700 mm atrofida. Oʻyma kosasi (rezonatori) va yoysimon bukilgan yoʻgʻon dastasi bir butun yogʻochdan yasaladi. Kosasining uzunchoq pastki qismi teri bilan qoplanadi. Otning chiyratilmagan qilidan yasalgan 2 tori kvarta (baʼzan kvinta)ga sozlanadi. Yoysimon kamon (600—700 mm atrofida) qillari barmoqlar yordamida taranglashtiriladi. Rivoyatlarga koʻra, ilk Qoʻbizni afsonaviy Qoʻrqut (oʻgʻuz bax-shilarining piri) yasagan. Qoraqalpoq (18-a. ga qadar qozoq) jirovlarida, shuningdek, baxshi-shomonlarda Qoʻbiz asosiy cholgʻu hisoblangan. Mayin, nolalarga boy tovushga ega Q. Oʻzbekistonda 1930-y. largacha buxoroda maqom an-sambllari tarkibida boʻlgan. 1940—50-y. larda Qoʻbizning rekonstruksiya qilingan (prima, alt, bas va b.) turlari xa/1q cholgʻulari orkestri tarkibiga kiritilgan;

2) turk-man, tatar, boshqirdlarda temir changqoʻbiz nomi.

Qalmirza Qurbonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x