QIZQUSH

QIZQUSH (Vanellus vanellus) – baliqchilar kenja turkumiga mansub qush. Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Rossiyaning gʻarbiy chegarasidan Primorye oʻlkasigacha boʻlgan joylarida uchraydi. Oʻrta Osiyo va Zakavkazyeda qishlaydi. Tanasi 30 sm cha, ogʻirligi 200 g cha. Usti va koʻkragi yashil, qizil tusda tovlanadi. Oʻtzor, botqoqliklarda, yaylov, dala va b. joylarda koloniya boʻlib uya yasaydi. 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini, asosan, modasi 27—29 kun bosadi. Hasharotlar, baʼzan oʻsimliklar urugʻi bilan oziqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x