QIZQOʻRGʻON QOʻRGʻOSHIN-QALAY KONI

QIZQOʻRGʻON QOʻRGʻOSHIN-QALAY KONISamarqand viloyatidagi Zirabuloq togʻining jan. yon bagʻridagi kon. 1951-y. da G. F. Shenderey ochgan. Kon geologiyasini H. N. Boymuhamedov, E. A. Usmonov oʻrgangan. Konning geologik tuzilishida silur davrining marmarlashgan ohaktosh va dolomitlari bilan yuqori karbon — quyi perm otqindi jinslari ishtirok etgan. Otqindi jinslar granodiorit, leykokrat, granit va lamprofir, aplit day-kalaridan iborat. Kon Zirabuloq an-tiklinalining jan. qanotiga birikkan boʻlib, unda shim.sharqiy va shim.-gʻarbiy yoʻnalishlardagi tektonik dislokatsiyalar mavjud. Konda qoʻrgʻoshin-qalayli magnezial skarnlar, gidrotermal oʻzgargan zonalar va tomirlar ajratiladi. Rudali skarnlar granodiorit va granit-aplit daykalari bilan dolomitli ohaktoshlarning tutashgan joylari hamda karbonat jinslar ichida hosil boʻlgan. Ohaktoshlarda gidrotermal oʻzgargan zonalar va tomirlar rivojlangan. Kon rudalaridagi asosiy foydali qazilmalarqoʻrgʻoshin minerali — galenit bilan qalay minerallari — kassiterit, stanin, tillit, frankit. Noruda minerallardan piroksen, amfibol, kvars, kalsit bor. Q. q.-q. k. qoʻrgʻoshinqalayli skarn gidrotermal konlarga kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x