Qizim 1 yoshdan oshdi. Yurganda oyoqlari orasini ochib qadam tashlaydi.

Qizim 1 yoshdan oshdi. Yurganda oyoqlari orasini ochib qadam tashlaydi. Nima qilish kerak?

✍️ Shifokor Hilola Jumayeva:

✅ Meʼyoriy holatda tizza va tovon sohasi oʻrtasidagi masofa kichik boʻlib, bir chiziqda turganda bir-biriga tegmaydi. Organizmdagi turli oʻzgarishlar, vitamin va minerallarning yetishmovchiligi suyaklarga ham taʼsir koʻrsatadi.

🔹Toʻgʻri yurishga toʻliq oʻrgangunga qadar dastlabki davrlarda turlicha holatda yurishi ham mumkin. Bunga tagliklar, noqulay kiyimlar ham sabab boʻladi. Bundan tashqari organizmda kalsiy va fosfor yetishmovchiligi, suyaklardagi oʻzgarishlar, raxit kasalligida ham oyoq tuzilishida oʻzgarishlar kuzatiladi.

✅ Ushbu holatda shifokorga murojaat qilish va oyoq tuzilishi holatini aniqlash lozim. Vaqti-vaqti bilan bolalar ortopedi koʻrigidan oʻtish va bolaning toʻgʻri rivojlanishini nazorat qilib borish lozim.

Manba (https://t.me/soglomhayotuz/3061)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x