QIYOS

QIYOS (arab. — taqqoslash) — shariat manbalaridan biri (Qurʼon, sunna, ijmo bilan birga). Qiyosda dastlabki 2 manbaQurʼon va sunnada berilmagan biror huquqiy masala ulardagi shunga oʻxshash masala boʻyicha berilgan qoʻrsatmaga taqqoslash yoʻli bilan sharh etilgan. Mas, araqning shayton ishi ekanligi, urushjanjal, adovat chiqarishi sababidan u Qurʼoni karimda man etilgan. Araqdan boshqa mast qiluvchi ichimliklar haqida biror narsa aytilmagan. Lekin mujtahid ulamolar mast qiluvchi ichimliklarning hammasida ham araq kabi salbiy natijalar boʻlishini hisobga olib, unga Qiyos qilganlar va harom deb hukm chiqarganlar. Qiyos faqihlar huquqini kengaytirib, shariatni turmushning turli tomonlariga tatbiq etishga imkoniyat bergan. Shu bilan birga Qiyos islom dinini zamon va taraqqiyot ila yonmayon yurishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Qiyosning manba sifatida kiritilishi shariatning huquq tizimi sifatida shakllanishi va ruhoniylar, faqihlarning mavjud munosabatlarni himoya qilishdagi mavqei oshishidan dalolat berar edi. Islom huquqshunosligida hoz. ham Qiyosga amal qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x