Qisqa satrlarda. Pervushka


Post Views:
16

Pervushin merosxo‘rlarining vino zavodi (Vinokurennыy zavod naslednikov Pervushina) Salor arig‘ining bo‘yida, Qo‘yliq va Marin prospektlari oralig‘ida joylashgan (taxminan hozirgi Farg‘ona yo‘li va Elbek ko‘chalari kesishgan joyda). Savdogar Pervushinning o‘g‘illariga tegishli bo‘lgani sababli shunday nomlangan.

Mazkur zavod taniqli rus savdogari Ivan Andreyevich Pervushin tomonidan 1868 yili ochilgan va keyinroq o‘g‘illariga meros bo‘lib qolgan. Zavod binosi xom g‘ishtdan qurilgan. Zavod dastlab bug‘, keyinchalik toshko‘mir vositasida isitilgan va binolari ham ko‘paygan. 1873 yilda zavodda bir prussiyalik mutaxassis va o‘nta ishchi ishlagani ma’lum. Mazkur vino zavodida meva spirti va bug‘doy spirti ishlab chiqilib, buning uchun mayiz, bug‘doy uni va soloddan foydalanilgan. Zavod shahar hududidga juda yaqin yerda joylashgani sababli, garchi Salor arig‘ining chap tomonida bo‘lsa ham, ba’zi hujjatlarda shaharga tegishli korxonalar ro‘yxatida keltirilgan. Toshkent atrofida, shuningdek, Pervushinning dala-hovlisi (Dacha kupsa Pervushina) ham bor edi. Zavod va dala-hovli o‘rtasida Childuxtaron qishlog‘i joylashgan. Pervushin dala-hovlisining yerlari taxminan hozirgi “Toshkent” va “Mashinasozlar” oralig‘idagi, aniqrog‘i “Mashinasozlar” metro bekati atrofidagi maydonga to‘g‘ri keladi. Dala-hovli savdogar Pervushinning mulkt bo‘lgani bois uning nomi bilan atalgan. Pervushinlarga tegishli Toshkentda Komissioner kontora (Komissionerskaya kontora I.I.Pervushina) ham ishlagan (1969 yili ochilgan). Mazkur kontora vositachi savdo tashkiloti bo‘lib, Rossiyadan Toshkentga, Toshkentdan Rossiyaning Orenburg, Moskva, Nijniy Novgorod, Peterburg va boshqa shaharlariga tovar olib kelish va jo‘natish ishlarini amalga oshirib, bu xizmatlari uchun umumiy qiymatning 10 foizini olib qolgan; shuningdek, kontora Toshkentdan jo‘natilgan paxta, shoyi va boshqa tovarlarni Rossiyada sotilishini ham yo‘lga qo‘ygan3. Rus manbalarida 1886 yili Toshkentda Pervushin merosxo‘rlariga tegishli yana bitta vino, bitta aroq va bitta tamaki-papirus zavodlari bo‘lgani qayd etilgan.

X.Bo‘riyeva.

Toshkent shahrining tarixiy toponimiyasi

https://shosh.uz/uz/qisqa-satrlarda-pervushka-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x