QIRQ

QIRQ — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan yirik qabilalardan biri. Tarqoq holda Samarqand atrofida, Panjikentning jan. da, hoz. Gʻallaorol, Jizzax, Zomin va Oʻratepa hududlarida yashaganlar. Koʻpincha oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri — yuzlar bilan aralashgan holda yashaganlar. Shuning uchun ham koʻpchilik manbalarda «qirq yuz» nomi bilan ham maʼlum. Qirq, yuz va ming qabilalari marqa degan umumiy nom bilan atalgan. Qirq larning etnogenezi Dashti Qipchoq oʻzbeklari bilan bogʻliq. Qirqlar oʻtmishda bir qancha urugʻlarga boʻlingan. Shulardan eng yiriklari: oq-qoʻyli, qora-qoʻyli, qorasirak, qoracha, olmasa-un, chaparashli va b. Ular 20-a. ning boshlariga qadar yarim oʻtroq holda yashab, chorvachilik b-n, bir qismi togʻ yon bagʻrida, adirlarda yashab lalmikor va sugʻorma dehqonchilik bilan shugʻullangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x