QICHITQI OʻT

QICHITQI OʻT, gazanda — gazandadoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimlik turi. Poyasi oddiy yoki shoxlangan. Boʻyi 60—100 sm. Barglari tuxumsimon yoki tuxumsimon-yuraksimon, chetlari arra tishli. Changchi va urugʻchi gullari toʻrt bargli gulqoʻrgʻonga ega. Urugʻchi gulqoʻrgʻonlarining ikkitasi oʻsimlik gullaganda kattalashadi. Changchilari 4 ta, urugʻchisi 1 ta. May-avg. oylarida gullab urugʻlaydi. Mevasi yongʻoqcha. Dorivor oʻsimlik. Barglaridan olinadigan suyuq modda (ekstrakt) qon toʻxtagish xususiyatiga ega. Barglari tarkibida S, kam miqdorda K vitamini va karotin bor. Yosh oʻsimlik barglari ovqatga ham ishlatiladi. Soya-salqin yerlarda, jarliklarda, sharsharalar atrofida oʻsadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x