QAZZOFIY

QAZZOFIY Muammar (1942, Sirt shahri) — Liviya davlat arbobi, polkovnik. Liviya un-tining tarix f-ti va harbiy kollejni tugatgan. Monarxiyani agʻdarib tashlagan inqilob (1969 yil 1-sentyabr) yoʻlboshchisi. 1969—79 yillarda Inqilobiy qoʻmondonlik kengashi raisi, ayni vaqtda 1969-yil sentyabrdan qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni, 1976-yil oktyabrdan oliy bosh qoʻmondoni. 1970 — 72 yillarda bosh vazir va mudofaa vaziri. 1972—77 yillarda Arab sotsialistik ittifoqi tashkiloti raisi. 1977 — 79 yillarda Liviya Umumxalq kongressi bosh kotibi. 1979-yil martdan Liviya Arab Xalq Sotsialistik Buyuk Jamohiriyasi va uning Inqilobiy rahbariyati boshligʻi, Ulugʻ Al-Fath Inqilobi rahbari.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x