QAYUMOV Temur Abdunabiyevich

QAYUMOV Temur Abdunabiyevich (1941.11.11, Toshkent) — kinooperator. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Butunittifoq kinematografiya instituti (VGIK)ni tugatgan (1985). 1958—66 yillar Toshkent televideniye studiyasida teleoperator, 1966—2002-yillar «Oʻzbekfilm»da operator. «Bir kun va bir umr», «Toʻquvchi», «Buloqlar», «Qahrabo don haqida soʻz» kabi hujjatli, «Qoʻrqmas avtomobil poygachilari», «Sen mening qoʻshigʻimsan», «Shum bola», «Ilondan saqlaning!», «Leningradlik jigarbandlarim», «Oltin moʻyna», «Togʻlar uzra uzokdan kelgan akssado», «Jazirama quyosh ostidagi uy», «Qandahorda toblanganlar», «Bir qadam oʻngga, bir qadam chapga», «Taqdir eshigi», «Olmos kamar», «Qahramon» kabi badiiy filmlarni suratga olgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x