QAYUMOV Sharif Gʻaniyevich

QAYUMOV Sharif Gʻaniyevich (1905.25.1, Buxoro 1973, Toshkent) — aktyor va rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1952). Moskva oʻzbek drama studiyasini tugatgan (1927). Faoliyatini Buxoro muallimlar tayyorlash bilim yurtida oʻqib yurgan paytidan drama toʻgaragida qatnashishdan boshlagan va Hoji Muin Shukrulloning «Mazluma xotin» pyesasidagi Tansiqoy rolini oʻynagan. Keyin Buxoro teatriga ishga oʻtgan (1923), 1927—73 yillar Hamza nomidagi teatrda ishlagan. Qayumov kichik rollar ustasi sifatida tanilgan. Ferdinand, Shpigelberg (F. Shiller, «Makr va muhabbat», «Qaroqchilar»), Goratsio (U. Shekspir, «Hamlet»), Robinzon, Kuligin (A. Ostrovskiy, «Sepsiz qiz», «Momaqaldiroq») kabilar shular jumlasidan.

Milliy dramaturgiyada Naziriy (K. Yashin, A. Umariy «Hamza»), Piri Zindoniy (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulugʻbek»), Odilov (A. Qahhor, «Shohi soʻzana») kabi obrazlar yaratgan. «Uylanish» (N. Gogol), «Uygʻonish» (N. Safarov), «Qoʻzibuloq qishlogʻi» (Lope de Vega), «Xatarli yoʻl» (Shukrullo), «Parvona» (Uygʻun), «Tartyuf» (Molyer), «Meshchanlar» (M. Gorkiy), «Yuliy Sezar» (U. Shekspir) va boshqalar spektakllarni sahnalashtirgan. Q Oʻzbekistonda radioteatr yaratilishiga ham katta hissa qoʻshgan. E. Xemingueyning «Chol va dengiz» asari, N. Gogolning «Oʻlik jonlar» romani asosida radiopostanovkalar yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x