QAYUMOV Azizxon Poʻlatovich

QAYUMOV Azizxon Poʻlatovich (1926.19.16, Qoʻqon) — adabiyotshunos, Oʻzbekiston FA akad. (1995). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), filol. fanlari d-ri (1961). P. Qayyumovning oʻgʻli. Oʻrta Osiyo davlat un-tining sharq f-tini tugatgan (1949). Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida ilmiy xodim (1949—57), OʻzSSR Ministrlar Sovetida fan va oliy oʻquv yurtlari boʻyicha katta referent (1957 — 58), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot instituti direktori (1958—61). Oʻzbekiston KP MK fan, oliy oʻquv yurtlari va maktablar boʻlimi, soʻng fan va madaniyat boʻlimi mudiri (1961—63). Oʻzbekiston Madaniyat vaziri, vazirning birinchi oʻrinbosari (1963—64), OʻzSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Kinematografiya davlat komiteti raisi (1964—74), Toshkent madaniyat instituti rektori (1974—79), Oʻzbekiston FA Qoʻlyozmalar instituti direktori (1979 — 98), Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida yetakchi ilmiy xodim (1998-yildan). Asosiy ilmiy ishlari Qoʻqon adabiy muhiti mavzuida. «Maxmur» (1956), «Hoziq» (1957), «Gʻoziy» (1959), «Saddi Iskandariy» (1975), «Alisher Navoiy» (1976, 1991), «Hayrat ulabror» (1977), «Farhod va Shirin» sirlari» (1979), «Nodir sahifalar» (1991), «Bu ohang ila boʻlgʻaysen Naqshband» (1993) kabi asarlari Apisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini oʻrganishda muhim hissa boʻlgan. Q mashnshunoslik sohasida ham samarali ish olib borib, bir qancha oʻzbek mumtoz shoirlarining asarlarini nashrga tayyorlagan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1980). «Shuhrat» medali (1996), «Elyurt hurmati» ordeni (2003) bilan taqdirlangan.

As: Nazm va tafakkur quyoshi, T., 1992; Sheʼriyat jilolari, T., 1996; Jemchujina mudrosti i taynm semi morey (B. Hasanov bilan hamkorlikda), T., 2000; Akademik Gʻafur Gʻulom, T., 2002; Akademik Vohid Zohidov, T., 2004; Akademik Oybek, T., 2005.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x