QAYUMARS

QAYUMARS — turkiy va forsiy xalqlar ogʻzaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan afsonaviy obraz. Q. haqidagi afsonaning turli variantlari qadimiy yozma manbalardan «Avesto», «Tarixi Tabariy» (Tabariy), «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (Beruniy) va boshqalar asarlarda bor. Q. «Avesto»da Gaya Maretan, Gaya Martan deb yuritilgan. S. P. Tolstovning fikricha, Qayumars — «Gavomard» soʻzidan kelib chiqib «Buqa odam», maʼnosini anglatgan va u Xorazmda yashagan.

Beruniy Qayumarsning «Girshoh» (Togʻ shohi) hamda «Gilshoh» (Loyshoh) degan laqablari boʻlganini yozadi va Qayumars soʻzining tarjimasi «tirik», «soʻzlovchi» ekanini bildiradi. Qayumars haqidagi afsonaning Beruniy asaridagi bayoniga koʻra, Ahrimanning qilmishlaridan xudo hayratda qoladi va uning peshonasidan ter chiqadi. Terni artib tashlaganda, ter donasidan Qayumars paydo boʻladi. Xudo Qayumarsni Ahriman yoniga joʻnatadi. Q. Ahriman yoniga kelib, uning yelkasiga minib oladi va shu holda dunyoni aylana boshlaydi. Ahriman hiyla bilan Qayumarsni yelkasidan uloqgirib tashlaydi va ustiga minib olib, bosh tomonidan yeya boshlaydi. Beliga yetganida Q urugʻdonidan yerga ikki dona urugʻ tushadi. Ulardan oʻsimlik unib chiqadi. Oʻsha oʻsimliklardan bir qiz va bir oʻgʻil (Meshi va Meshona) paydo boʻladi. Ularni forslar Odamato va Momohavo deb, xorazmliklar Mard va Mardona deb ataydilar. Bu afsonaning boshqa variantlari ham koʻp. Qayumars haqidagi barcha afsonalarda Q adolat uchun qurashuvchi, kishilarni jamiyat boʻlib yashashga oʻrgatuvchi, hayot va yaxshilik timsoli sifatida namoyon boʻladi, doimo yovuzlikka (devlar va insjinslarga) qarshi kurashadi.

Q obrazi tasviriy sanʼatda ham aks etgan; 1932 yil Tallibarzu (Samarqand yaqini)da Qayumarsning yarim hoʻkiz, yarim odam shaklidagi tasviri chizilgan sopol buyumlar topilgan.

Ad.: Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi, T., 1980.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x