Qaytimini oling

Hajviy asarlari bilan nom qozongan chex yozuvchisi Yaroslav Hashek Bavariyaga sayohat qiladi. Safar payti mahalliy tansiq taom – sosiska yeyishni koʻngli tusab qoladi.

Stansiyalarning birida perronda daydib yurgan bir bolani chaqiradi va deydi:

– Mana, senga 40 pfenning. Ikkita sosiska ol. Bittasini oʻzing ye, ikkinchisini menga olib kel.

Poyezd joʻnashiga bir daqiqacha qolganda haligi bolakay yoʻl-yoʻlakay chaynalgancha vagonga yugurib keladi. Hashekka 20 pfenning uzatadi va deydi:

– Faqat bitta sosiska qolgan ekan. Uni oʻzim yedim. Manavi 20 pfenning sizning sosiskangizning puli.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 4-sonida chop etilgan.

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/qaytimini-oling/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x