QASIDA

QASIDA (arab. — koʻzlamoq, niyat qilmoq) — Sharq mumtoz adabiyotidagi sheʼriy janrlardan biri. Qasida biror shaxsning (koʻpincha hukmdorning) madhiga bagʻishlangan. Qasida uchun koʻtarinki, tantanavor ohang xos. Hajmi 20 baytdan 200 baytgacha boʻlishi mumkin. Gʻazalga oʻxshab qofiyalanadi (aa, ba, va,…). Kompozitsiyasi gʻazalga nisbatan murakkab boʻlib, nasib (yoki tashbib) deb ataluvchi lirik muqaddima, gurezgoh (qochish joyi; nasibdan asosiy qism — madhga oʻtish vazifasini bajaruvchi bayt yoki baytlar), madh (maqtov) va mamduh (maqtalayotgan shaxs) haqidagi duo va matlabni oʻz ichiga oluvchi xulosa qismlardan iborat. Qasida mazmuniga koʻra, Qasida bahoriya, Qasidai ishqiya, Qasidai holiya (oʻz ahvolidan shikoyat tarzida), Q. i hamriya (may bilan bogʻliqtasvir), Q. i hazoniya (kuz tasviri), Q. i faxriya (shoirning oʻz isteʼdodidan faxrlanishi), Q. i hajviya tipida boʻlishi mumkin. 11—12-asrlardan uning mazmun va mavzu doirasi kengayib, falsafiy, axloqiy, ijtimoiy Qasidalar ham yozilgan (mas, Unsuriy, Anvariy, Xoqoniy Qasida lari).

Oʻzbek mumtoz Qasidalari arab va fors qasidachiligi zaminida yuzaga kelgan, uning ilk namunalari «Devonu lugʻotit turk»yaa uchraydi. 15-asrda Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Amiriylar ijodida Qasida oʻzining yuqori bosqichiga koʻtarilgan. Ayniqsa, Sakkokiy yaratgan Qasidalar alohida ajralib turadi. Uning devonida 10 ta Qasida boʻlib, undan 4 tasi hukmdor va olim Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlangan. Alisher Navoiynknt original kompozitsiya va uslubga ega boʻlgan «Hiloliya», katta ijtimoiy mazmun tashuvchi «Tuhfat ulafkor» («Sittai zaruriya»dan) Qasidalari mashhurdir. Keyingi davrda oʻzbek adabiyotida Munis va boshqalar shoirlar ham bu janrga murojaat qilganlar.

Hoz. oʻzbek adabiyotida ham Qasida janrida bir qancha asarlar yaratilgan (Gʻ. Gʻulom, H. Olimjon, T. Toʻla, E. Vohidov, A. Oripov va boshqalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x