QASHQADARYO

«QASHQADARYO»Qashqadaryo viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 1925 yil 22-mayda Qarshi shahrida «Qashqadaryo» nomi bilan nashr etila boshlagan. Keyinchalik «Sotsializm alangasi», «Yengish» (1934), «Qashqadaryo haqiqati» (1935) nomlarida chop etilgan. 1960-yil 25 yanv. da Qashqadaryo viloyati tugatilib, Surxondaryo viloyatiga qoʻshilishi munosabati bilan «Qashqadaryo haqiqati» gaz. si oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1964-yil 7 fev. da yana chiqa boshlagan.

1997-yil 11-iyunda «Qashqadaryo haqiqati» va «Kashkadarinskaya pravda» gaz. lari tahririyatlari birlashtirilib, «Qashqadaryo» nomida oʻzbek va rus tillarida nashr etilgan. 2005-yil 1 yanv. dan «Qashqadaryo» va «Novosti Kashkadari» gaz. lari har qaysisi alohida mustaqil nashr sifatida oʻzbek va rus tillarida chop etilmoqda. Sahifalarida viloyat aholisining respublika, viloyat va dunyo miqyosida roʻy berayotgan yangiliklardan xabardor etish va ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga, xalq farovonligi va turmush darajasini mustahkamlash ishlariga jalb qilishga oid materiallar berib boriladi.

Gaz. ga turli yillarda S. Karimov, N. Gʻulomov, U. Xoʻjayev, yilUmarov, S. Qodirov, R. Nurmatov, B. Norqobilovlar muharrirlik qilishgan. Hoz. bosh muharriri Narzullo Ravshanov. Adadi 4001 (2005).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x